TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1673777
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist havo amaliyoti orqali yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MSB) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Iroqning shimolidagi terror obyektlariga samarali ravishda zarba berilishining davom etayotgani qayd etildi.

Shu doirada Garada aniqlangan 2, Zap mintaqasida aniqlangan 4 nafar PKK a’zosining havo amaliyoti orqali yoʻq qilingani ifoda etildi.

Shuningdek Milliy Mudofaa vazirligi bayonotida, “Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz Iroq shimolidagi terror inlarini yer bilan yakson qilishni davom etmoqda”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq shimoli , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar