Erdoʻgʻan: Eksport raqamlari Turkiyaning ishlab chiqarish hajmini yaqqol oʻrtaga qoʻydi

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdoʻgʻan Sakariyada, partiyasining kengaytirilgan viloyat maslahatchilari yigʻilishida nutq soʻzladi.

1668982
Erdoʻgʻan: Eksport raqamlari Turkiyaning ishlab chiqarish hajmini yaqqol oʻrtaga qoʻydi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan,

“Bugun ma’lum qilingan iyun oyi eksport raqamlari Turkiyaning ishlab chiqarish hajmi va maxsus tarmoq dinamizmini yana bir bor yaqqol oʻrtaga qoʻydi”. - dedi.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdoʻgʻan Sakariyada, partiyasining kengaytirilgan viloyat maslahatchilari yigʻilishida nutq soʻzladi. Unda, “Bugun ma’lum qilingan iyun oyi eksport raqamlari Turkiyaning ishlab chiqarish hamji va maxsus tarmoq dinamizmini yana bir bor yaqqol oʻrtaga qoʻydi”. - degan holda:

“Oylik, choraklik va 6 oylik bazada Respublika tarixining eng yuqori eksport raqamlariga yetdik. Olloxning ruxsati bilan bu ketishda yil oxirigacha rekord oʻrnatamiz”. - deya gapirdi.

Prezident Erdoʻgʻan,

“Har bir viloyatimizda xizmatlarimiz oʻsar ekan global miqyosda ham kuchli, e’tiborli, gapining kuchi bor davlatga aylanish yoʻlidamiz”. - dedi.

Erdoʻgʻan,

“Oxirgi 1.5 yildan beri koronavirus jarayonida yuz bergan voqealar ham, yurtimizning 2002 - yildan beri bosib oʻtgan yoʻlini koʻrsatishi jihatidan yetarlidir. Turkiya, oxirgi 1 asrning eng yirik sogʻlikni saqlash inqirozi deyilgan bu pandemiyani, dunyoda eng muvaffaqiyatli ravishda boshqargan davlatlardan biri boʻldi”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.  

 



Aloqador xabarlar