Erdo‘g‘an: Turkiya Qirg‘izistonni har tomonlama qo‘llab - quvvatlashni davom etadi

Erdo‘g‘an Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtirgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan poytaxt Anqarada mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1655119
Erdo‘g‘an: Turkiya Qirg‘izistonni har tomonlama qo‘llab - quvvatlashni davom etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiyaning Qirg‘izistonni har tomonlama qo‘llab - quvvatlashni davom etishini qayd etdi.

Erdo‘g‘an Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtirgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan poytaxt Anqarada mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“Hurmatli Prezidentga Turkiyaning qirg‘iz xalqi va davlatini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor ifoda etdik. 11 - aprel kuni (konstitutsiyaning yangi tahriri boyicha) o‘tkazilgan referendum, (Qirgiziston kelajagi uchun) burilish nuqtasi bo‘ldi. Ushbu referendum orqali qirg‘iz xalqi boshqaruvning prezidentlik shaklini tanladi. Men yangi tizimning xayrli bo‘lishini tilayman. Yangi imkonlar yordamida Qirg‘izistonning shaxdam qadam tashlashiga ishonchim komil. Turkiya o‘z tajribalarini bo‘lishishni va Qirg‘izistonni har tomonlama qo‘llab - quvvatlashni davom etadi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tijoriy tarmoqdagi aloqalarini ham batafsil ravishda ko‘rib chiqqanliklarini bildirgan Erdo‘g‘an,

“507 million dollarlik savdo hajmimizda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qaramay sezilarli pasayish kuzatilmadi. Potensialimizning bundan ham yuqori ekanligi aniq. 1 milliard dollarlik savdo hajmi rejamizga yetish uchun sa’y - harakatlarimizni orttiramiz”. - dedi.

“Biz qabul qilgan qarorlar va endigina imzolangan matnlar orqali strategik sherikligimiz zaminini mustahkamladik. Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi, qo‘shma bayonotimizda tashlaydigan qadamlar bo‘yicha yo‘l xaritamizni belgilab berdi”. -  degan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“O‘zaro sarmoyalarimizni rivojlantirish borasida aziz birodarim bilan bir xil his-tuyg‘ular ichida bo‘lishdan xursand bo‘laman. Shu bilan birga mutlaqo biz tashlagan qadamlarda Xudo xohlasa Turkiya - Qirg‘iziston o‘rtasidagi aviaqatnovlarni 28 frekans orttirish orqali bordi - keldilar yana - da tez va farqli bo‘ladi”. - deya gapirdi.

Uchrashuvlarida Fetullahchi Terror tashkiloti (FETÖ) bosh bo‘lish bilan birga terrorga qarshi kurashdan mintaqaviy hamkorlikka qadar barcha masalalarni qo‘lga olganliklarini qayd etgan Erdo‘g‘an, Fetullahchi terror tashkilotining har ikki mamlakat uchun ham milliy xavfsizlik xavfi tashkil etgani borasida Japarov bilan hamfikr ekanliklarini va bu xavfni yelkama - yelka turib, birgalikda yengib o‘tishlarini ta’kidladi.

Qirg‘iziston Prezidenti Japarov ham o‘z yurtining, Turkiyaning xalqaro maydondagi ahamiyati ortib borayotganidan mamnunligini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar