Parijda Turkiya va Fransiya TIV rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 6 iyun, yakshanba kuni amaliy tashrif bilan Fransiyaga safar qilgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li tashrif dasturi doirasida Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bilan uchrashdi.

1653582

Bu haqda Turkiya TIV Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, tashrif doirasida kecha, 7 iyun kuni Fransiyada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian uchrashuvi bo’lib o’tdi. Vazirlar o’zaro uchrashuvdan so’ng, hay’atlararo muzokaralarga yetakchilik qildi.

Uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Fransiya o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek,  Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko’rib chiqildi. Bundan tashqari, yaqinlashib kelayotgan NATO sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Liviya, Suriya va boshqa ahamiyatga molik mintaqaviy masalalar bo’yicha ham fikr almashdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama etilgan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida navbatdagi tadbirlarni belgilab oldi.

Matbuotga yopiq shaklda bo’lib o’tgan uchrashuv taxminan 2.5 soat davom etdi.

Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya , #Fransiya

Aloqador xabarlar