Chavusho'g'lu: Turkiya bilan Fransiya do'st va ittifoq ikki davlatdir va shundayligicha qoladi

Mevlut Chavusho'g'lu Fransiyaning L'Opinion gazetasida chop etilgan maqolasida, ikkala o'lka hamfikr bo'lgan masalalarga to'xtaldi.

1652889
Chavusho'g'lu: Turkiya bilan Fransiya do'st va ittifoq ikki davlatdir va shundayligicha qoladi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lu Turkiya va Fransiyaning do'st va ittifoq davlat ekanini va shunday bo'lib qolaverishlarini ifoda etdi.

Mevlut Chavusho'g'lu Fransiyaning L'Opinion gazetasida chop etilgan maqolasida, ikkala o'lkaning Suriyaga gumanitar yordamlarning yetkazib berilishi, mamlakat hududiy yaxlitligining muhofaza qilinishi va siyosiy jarayonda ilgarilashi kerakligi kabi bir necha dolzarb mavzuda bir xil fikrda ekanligiga e’tibor qaratdi.

Chavusho'g'lu, barqarorligi mintaqaga ijobiy tusda ta'sir ko'rsatgan Liviyada umumiy manfaat masalalarining topilishi bo'yicha Frantsiya bilan muloqotga ochiq ekanliklarini ta’kidladi.

Sharqiy O'rta yer dengizida Gretsiya bilan yuz bergan kelishmovchiliklarning Afina bilan muloqat yo'li orqali qo'lga olinganini belgilab o'tgan Chavusho'g'lu, Kipr masalasida Turkiyaning muzokara maqsadlari ustidan kelishib olingudek bo'lsa unda kiprlik turklar bilan greklar say – harakatini qo'llab – quvvatlashlarini ta’kidladi.

Chavusho'g'lu,

“Janubiy Kavkazda Ozarbayjon bilan Armanistonning gullab – yashnishini ta’minlovchi doimiy tinchlikni birgalikda qo'llab – quvvatlashimiz mumkin”. – dedi.

Chavusho'g'lu Rossiyadan xarid qilib olingan S – 400 zenit raketa tizimlarining NATOning xavfsizligi uchun hech qanday muammo tug'dirmasligini qayd etdi.

Chavusho'g'lu terrorga qarshi kurash masalasida Fransiyaning, NATO bo'yicha ikkinchi yirik ittifoqi Turkiyaga ishona olishini bilishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Turkiyaning radikallashishga qarshi kurash bilan musulmonlarni nishonga olgan islomofobiya va kamsitishlarning bartaraf etilishi uchun har doim Fransiyaning yonida bo'lishini ifoda etgan Chavusho'g'lu,

“Turkiya bilan Fransiya do'st va ittifoq ikki davlatdir va shundayligicha qoladi. Bu samimiy do'stlik munosabatimizga putur yetmasligi uchun tushunmovchiliklarga yo'l qo'ymaymiz”. - dedi.  

 



Aloqador xabarlar