Turkiya va O'zbekiston ichki ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Kuni kecha amaliy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo’lgan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov tashrif dasturi doirasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu bilan uchrashdi.

1653183

Bu haqda O’zbekiston IIV Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda vazirliklar o`rtasidagi jamoat xavfsizligini ta`minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash va kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, yakunda jinoyatchilikka qarshi kurash va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi.

Shu bilan birga, samimiy va do`stona ruhda kechgan uchrashuvda vazirlar O`zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari ekspertlar delegasiyalarining o`zaro tashriflarini tashkil etib, har bir Ichki ishlar vazirligi tizimini to`liq o`rganish va tajriba almashish orqali hamkorlik yo`nalishlarini kengaytirish to`g`risida ham kelishib oldilar.

Kunning ikkinchi yarmida delegasiya a`zolari guruhlarga bo`linib, bevosita joyiga chiqqan holda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Turkiya Milliy politsiyasi Maxsus operasiyalar boshqarmasi, Turkiya Ichki ishlar vazirligi Migrasiya bosh boshqarmasi hamda Turkiya IIV Xavfsizlik va kuch va vositalarni muvofiqlashtirish markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Aloqador xabarlar