Hakkarida PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1650242
Hakkarida PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi

Turkiyaning Hakkari viloyatining Yuksekova tumanida yo‘lda nazorat ishlari yuritgan METI (Mina, qo‘lda yasalgan portlaguvchi modda va ularni yo‘q qilish) guruhiga qarshi Eron tuproqlaridan otilgan raketaga Turk Qurolli kuchlari tomonidan berilgan javob natijasida PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligining (MSB) Twitter hisobi orqali berilgan bayonotda:

“Hakkarining Yuksekova tumanida modulli beton devorlar qurilishida ishlaydigan kompaniyalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lni nazorat qilish ishlari yuritgan METI guruhimizga Eron tuproqlaridan raketa otildi. Unga qaytarilgan javob natijasida PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi. Guruhimiz tarkibida qurbonlar qayd etilmadi” - degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Hakkari , #TQK , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar