Chavusho‘g‘lu: “Isroil noto‘g‘ri siyosatlaridan voz kechishi kerak”.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Togo Tashqi ishlar, Afrika integratsiyasi va chet eldagi togoliklar vaziri Robert Dussey bilan Tashqi Ishlar vazirligida uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

1650302
Chavusho‘g‘lu: “Isroil noto‘g‘ri siyosatlaridan voz kechishi kerak”.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Isroilning Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lshi uchun noto‘g‘ri siyosatlaridan voz kechishi kerakligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Togo Tashqi ishlar, Afrika integratsiyasi va chet eldagi togoliklar vaziri Robert Dussey bilan Tashqi Ishlar vazirligida uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Jurnalistlardan birining Isroilda hukumat tuzish borasidagi sa’y - harakatlar va yangi tuziladigan hukumatdan nimalar kutayotgani to‘g‘risida bergan savolga qarshi Chavusho‘g‘li, “Hukumat tuzish Isroilning ichki ishidir”. - deb javob berdi.

Chavusho‘g‘lu, Isroilda hukumatni kimning tuzishi emas unda qanday siyosatlar kuzatilishi muhim ekaniga e’tibor qaratgan holda:

“Isroilning qaysi hukumat bo‘lishidan qat’iy nazar biz bilan sog‘lom munosabatlar qura olishi uchun avvalom bor o‘zining noto‘g‘ri siyosatidan voz kechishi kerak. (Isroilning) Falastin hujumlarini to‘xtatishi shart. Shuningdek, muammoni ikki davlat asosida hal qilishdan boshqa qadamlardan ham voz kechish lozim. Takror tinchlik jarayoniga qaytishi kerak”. - deya gapirdi.

Boshqa tomondan Isroilning ayniqsa so‘nggi paytlarda noqonuniy ravishda aholi punktlarini ko‘paytirgani va falastinliklar yerini egallab olishni davom etganini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu:

“Kecha va bugun yana noqonuniy joylashish bo‘yicha qadam tashladilar. Tashqi Ishlar vazirligi sifatida biz bu borada bayonot berdik. Isroilning bu siyosatdan voz kechishi kerak. Ayniqsa Quddus maqomiga ziyon yetkazadigan qadamlardan ham voz kechish darkor”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Isroilning Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lshi uchun noto‘g‘ri siyosatlaridan voz kechishi kerakligiga e’tibor qaratgan holda:

“Agar (Isroil) mana shu siyosatlarini davom ettirgudek bo‘lsa unda bizning sog‘lom munosabatda bo‘lishimiz imkonsiz lekin Isroil, muammoni ikki davlat asosida hal qilish, qolaversa buning parametrlari aniq, tinchlik jarayoniga qaytsa va falastinliklar huquqini hurmat qilsa unda nafaqat biz bilan balki hamma bilan bo‘lgan munosabati yana - da yaxshiroq bo‘ladi”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar