Turkiya Madaniyat va turizm vaziri boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaga safar qildi

Tashrif kun tartibiga turizm va salomatlik, jumladan Germaniyaga nisbatan qo‘llanilgan xavfsiz turizm modeli tafsilotlari kiritilgan.

1646714
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaga safar qildi

 

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y amaliy tashrif bilan Germaniyaga safar qildi.

Tashrif kun tartibiga turizm va salomatlik, jumladan Germaniyaga nisbatan qo‘llanilgan xavfsiz turizm modeli tafsilotlari kiritilgan.

Ibrohim Kalin va Mehmet Nuri Erso’y tashrif doirasida Germaniya iqtisodiyot va energetika vaziri Peter Altmaier bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Germaniya federal hukumatining turizm bo’yicha komissari Tomas Bariss ham ishtirok etdi.

Eslatish joizki, Turkiya delegatsiyasi o’tgan kunlarda xuddi shu mavzu bo’yicha Rossiyaga tashrif buyurgandi. Ular Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova bilan muzokaralar o’tkazgandi. Muzokaralarda Turkiya Rossiyaga Germaniyaga nisbatan qo‘llanilgan xavfsiz turizm modelini taklif qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #turizm , #Germaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar