Suriyada Turkiya qo'shiniga sodir etilgan hujumda turk harbiy halok bo'ldi

Kecha, 10 may kuni “Bahor qalqoni” harbiy amaliyoti olib borilayotgan hududda turk harbiy konvoyiga qarshi raketa hujumi sodir etildi. Hujumda bir harbiy halok bo’ldi va 4 harbiy jarohatlandi.

1637699
Suriyada Turkiya qo'shiniga sodir etilgan hujumda turk harbiy halok bo'ldi

 

Suriyada “Bahor qalqoni” harbiy amaliyoti olib borilayotgan hududda Turkiya harbiy konvoyiga raketa hujumi sodir etildi.

Hujum oqibatida bir nafar turk harbiy halok bo’ldi, 4 harbiy jarohatlandi. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, kecha 10 may kuni “Bahor qalqoni” harbiy amaliyoti olib borilayotgan hududda turk harbiy konvoyiga qarshi raketa hujumi sodir etildi. Hujumda bir harbiy halok bo’ldi va 4 harbiy jarohatlandi. Yarador harbiylar darhol shifoxonaga yetkazildi.

Turkiya yetakchilari, jumladan parlament raisi Mustafo Shento’p, vitse-prezident Fuat O’ktay, Turkiya prezidenti ma’muriyatining kommunikatsiya bo’yicha departamenti rahbari Fahriddin Altun Idlibda turk harbiy halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

 “Xoinlarning hujumida halok bo’lgan qahramon askarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Yarador askarlarimizga shifo tilayman. Turk xalqiga hamdardlik bildiraman”,-deb ta’ziya bildiradi Mustafo Shento’p twitterdagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #Turkiya , #Bahor qalqoni , #Suriya

Aloqador xabarlar