Panja-Shimshek va Panja-Yildirim amaliyotlari barcha qiyinchiliklarga qaramay davom etmoqda

Iroqning shimolida boshlatilgan Panja-Shimshek va Panja-Yildirim amaliyotlari barcha qiyinchiliklarga qaramay davom etmoqda.

1635987
Panja-Shimshek va Panja-Yildirim amaliyotlari barcha qiyinchiliklarga qaramay davom etmoqda

Iroqning shimolida boshlatilgan Panja - Shimshek va Panja - Yildirim amaliyotlari murakkab havo shartlari va joylarga qaramay davom etmoqda.

Milliy Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Panja - Shimshek va Panja - Yildirim amaliyotlarida ishtirok etgan askarlar tasviri o‘rin olgan bir videolavha bo‘lishdi.

Videoda bo‘ronli havoda turk askarlari kuzatuv ishlari olib borar ekan ketma - ket tushgan va osmonni yortigan chaqmoqlarni ko‘rish mumkin.

Vazirlik qahramon va fidokor turk askarlarining murakkab havo shartlari va joylarga qaramay Panja - Shimshek va Panja - Yildirim amaliyotlarini davom ettirganini qayd etdi.  

Videolavhada, “Mintaqada terroristlar butunlay yo‘q qilingunga qadar har qanday vaziyat va sharoitda terrorni yer bilan yakson qilishni davom ettiramiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar