Mavlud Chavusho’g’li:"Turkiya Afg’onistondagi tinchlik jarayonini qo’llab-quvvatlaydi"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 24-aprelda Istanbulda Afg‘oniston va “Tolibon” vakillari ishtirokida Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish bo‘yicha anjuman o’tkazilishini ma’lum qildi.

1621580
Mavlud Chavusho’g’li:"Turkiya Afg’onistondagi tinchlik jarayonini qo’llab-quvvatlaydi"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 24-aprelda Istanbulda Afg‘oniston va “Tolibon” vakillari ishtirokida Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish bo‘yicha anjuman o’tkazilishini ma’lum qilib, “Turkiyaning qardosh Afg’onistonga yordamlari davom etadi”,-dedi.

Mavlud Chavusho’g’li kecha Afg’oniston bo’yicha NATO kengashi yig’ilishida ishtirok etganligini ma’lum qildi.

“Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha strategiyani ta’minlash zarur. 24-aprelda Istanbulda BMT va Turkiya bilan hamkorlikda Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish bo‘yicha anjuman o’tkazamiz. Turkiya Afg’onistondagi tinchlik jarayonini qo’llab-quvvatlaydi”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Mazkur anjuman 24 apreldan 4 maygacha Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Anjumanga O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Yevropa ittifoqi, NATO, Islom hamkorlik tashkiloti va yana 18ta davlat vakillari taklif qilindi. 

Ta'kidlanishicha, Istanbul anjumanidan ko‘zlangan asosiy maqsad Dohada o‘tayotgan Afg‘onlararo muzokaralarni jadallashtirish va mustahkamlash hisoblanadi.



Aloqador xabarlar