Italiyaning Ravenna shahrida Turkiya bosh konsulxonasi ochildi

Tadbirda so’zga chiqqan Turkiyaning Italiyadagi Favqulodda va muhtor elchisi Murat Selim Esenli konsulxona ochilishining ikki davlat munosabatlaridagi muhim ahamiyati haqida gapirdi.

1612328
Italiyaning Ravenna shahrida Turkiya bosh konsulxonasi ochildi

 

Italiyaning Ravenna shahrida Turkiya bosh konsulxonasi ochildi.

Konsulxonaning ochilish marosimida Turkiyaning Italiyadagi Favqulodda va muhtor elchisi Murat Selim Esenli, Ravenna shahrida Turkiyaning faxriy bosh konsuli etib tayinlangan Maurizio Mauro hamda konsulxona xodimlari va ko’plab mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqan Turkiyaning Italiyadagi Favqulodda va muhtor elchisi Murat Selim Esenli konsulxona ochilishining ikki davlat munosabatlaridagi muhim ahamiyati haqida gapirdi.

Elchi janoblari Turkiyaning Ravennadagi bosh konsulxonasi ikki mamlakat o’rtasida madaniy-gumanitar, turizm sohalarida hamkorlik va hududlararo aloqalar rivojlanishiga ijobiy turtki berishini ta’kidladi.

“Ravenna port shahri bo’lgani uchun ham o’zaro savdo bo’yicha aloqalarimizda katta ahamiyatga ega. Mana shunday shaharda faxriy konsulxonamizning ochilishi o’ta muhim hisoblanadi”,-deb aytgan Turkiyaning Italiyadagi Favqulodda va muhtor elchisi Murat Selim Esenli.

Uning ta’kidlashicha, turk xususiy sektori Ravenna portining yo’lovchi terminali bo’limining yirik hissadori hisoblanadi.

Mazkur konsulxona shu bilan Italiyada ochilgan sakkizinchi Turkiya bosh konsulxonasi bo’ldi.

Bundan avval, Italiyaning Ankona, Brindizi, Bari, Cenova, Triest, Venesiya va Sirakuzi shaharlarida ham Turkiya konsulxonasi faoliyat ko’rsatayotgandi.



Aloqador xabarlar