Mavlud Chavusho’g’li Hindiston, Afg'oniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Tojikistonga tashrifi doirasida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyan Jaishankar, Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi.

1611103
Mavlud Chavusho’g’li Hindiston, Afg'oniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lining Tojikistonga tashrifi davom etmoqda.

Chavushog’li tashrif doirasida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyan Jaishankar, Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi.

Turkiya va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar va ahamiyatga molik xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama qilindi. Vazirlar mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Mavlud Chavusho’g’li Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan amalga oshirgan uchrashuvida Afg’onistondagi tinchlik muzokaralari muhokama qilindi. Shuningdek, Istanbulda o’tkazilishi rejalangan Afg’onistonga bag’ishlangan yig’ilishga tayyorgarlik jarayoni ko’zdan kechirildi.

“Afg’onistonda tinchlik va barqarorlik o’rnatish yo’lida sa’y-harakatlarimiz davom etadi”,-dedi Turkiya TIV rahbari.

Mavlud Chavusho’g’li bilan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda esa, Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida 1 apreldan boshlab ID karta bilan sayohat qilish davri boshlanishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

“Ikki tomonlama hamkorligimiz har sohada davom etadi”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.



Aloqador xabarlar