Mavlud Chavusho‘g‘li Turkmaniston va O’zbekistonga tashrifi natijalarini baholadi

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda jiddiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Turkiya O’zbekistondagi islohotlar jarayonini qo'llab-quvvatlaydi”,- deb ta’kidladi Mavlud Chavusho‘g‘lu.

1598282
Mavlud Chavusho‘g‘li Turkmaniston va O’zbekistonga tashrifi natijalarini baholadi

 

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu Turkmaniston va O’zbekistonga tashrifi tafsilotlari haqida TRT Xabar kanaliga intervyu berdi.

Mavlud Chavusho‘g‘lu Turkmaniston va O’zbekistonga tashrifi samimiy, do’stona va konstruktiv muhitda bo’lib o’tganligini ta’kidladi.

Vazirning ta’kidlashicha, O’zbekistonda ayniqsa, Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylangach, mamlakatda juda katta islohotlar amalga oshirildi. Turkiya ham qardosh mamlakatda ushbu islohotlarni amalga oshirishda o’z tajribasini o’rtoqlashib kelmoqda.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda jiddiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Turkiya O’zbekistondagi islohotlar jarayonini qo'llab-quvvatlaydi”,- deb ta’kidladi Mavlud Chavusho‘g‘lu.

Chavusho’g'li har safar O'zbekistonga qilgan tashrifida ayniqsa, Buxoro, Samarqand va Toshkentda juda katta o'zgarishlarga guvoh bo’layotganini, O’zbekiston kundan-kunga  rivojlanib borayotganligini aytgan.

“Biz O’zbekiston bilan o'z tajribalarimizni almashamiz. Turli  sohalarda nima qildik, nima bo'ldi, qanday kamchiliklarga duch keldik, amalda qanday muammolar bo'lgan. Bularning barchasini qardosh davlat bilan o’rtoqlashishga tayyormiz”, - dedi Mavlud Chavusho‘g‘li.

Shuningdek, Mavlud Chavusho‘g‘lu Turkmanistonga tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Turkiya uchun ba’zi imkoniyatlarni ochib berganligini aytdi.

Turkmaniston mamlakatda aviaqatnovlar butunlay to’xtatilganiga qaramay, Turk Havo Yo’llarining Turkmanobod shahriga parvozlarni qayta boshlashiga ruxsat berdi. Pandemiya sharoitida kamaz haydovchilarining mamlakat hududlaridan o’tishiga ruxsat berilmas ekan, turk haydovchilarning koronavirusga qarshi test natijasini ko’rsatgan holda mamlakat hududlaridan o’tishiga ruxsat berildi.

Mavlud Chavusho‘g‘lu bundan tashqari, kuni kecha Turkmaniston bilan Ozarbayjon Kaspiy dengizidagi neft va tabiiy gaz zahiralari bo’yicha kelishuvga erishganligini ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, turk kompaniyalari u yerdagi neft va tabiiy gaz resurslarini qazib olish va uni qayta ishlab bo’yicha hamkorlik qilishga tayyor. U yerdan qazib olinadigan tabiiy gaz va neft ayni vaqtda faoliyat ko’rsatayotgan quvurlar vositasida Turkiyaga yetkazilishi mumkin.



Aloqador xabarlar