Chavusho‘g‘lu, Markaziy Osiyo safarining birinchi bekati Turkmanistonda

Chavusho‘g‘lu 5 - martdan 10 - martgacha davom etadigan Markaziy Osiyo safarining birinchi bekati Turkmanistonda.

1596349
Chavusho‘g‘lu, Markaziy Osiyo safarining birinchi bekati Turkmanistonda

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiya va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning a’lo darajada ekanini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu 5 - martdan 10 - martgacha davom etadigan Markaziy Osiyo safarining birinchi bekati Turkmanistonda, Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari va Tashqi Ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.  

Chavusho‘g‘lu ushbu uchrashuv ortidan bergan bayonotida, Turkiya va Turkmanistonning ikki qardosh davlat ekanini ta’kidlagan holda,

“Munosabatlarimizning bugungi kundagi vaziyatidan xursandmiz lekin uni yana - da yaxshilash uchun prezidentlarimiz yetakchiligida bundan ham ko‘proq ishlashimiz kerak. Bu yil munosabatlarimizni yana - da rivojlantirish uchun muhim imkonlar bor”. - deya gapirdi.

Chavusho‘g‘lu Turkmaniston Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedovning Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali qilgan muloqatida Prezident Erdo‘g‘anni Turkmanistonga taklif qilganini bildirdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkmanistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi Ishlar vazirlari kengashining davriy rahbarligini qabul qilib olganini va bu yil oxirida sammit yetakchiligini ham Turkiyadan qabul qilib olishini belgilab o‘tgan holda,

“Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitini ham 28 - noyabr kuni Turkmanistonda  o‘tkazamiz”. - dedi.

Bu yil Turk kengashi sammiti uyushtirish orqali davriy rahbarligini Ozarbayjondan qabul qilib olishni rejalashtirganliklarini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu, Prezident Erdo‘g‘anning Berdimuhammedovni nomi tilga olingan sammitga taklif qilganini yetkazdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu,

“Munosabatlarimiz a’lo darajada. Ikki qardosh davlatmiz lekin siyosiy munosabatlarimizning a’lo darajada ekani yetarli emasdir. Energetika, iqtisodiy munosabatlar, transport va logistika kabi boshqa muhim tarmoqlarda ham ikkala mamlakat va mintaqadagi davlatlar o‘rtasida hamkorlik imkonlari mavjud. Shunday ekan ularni yo‘lga qo‘yish uchun yana - da tig‘iz faoliyat olib boramiz”. - deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar