“Burgut panjasi-2” harbiy amaliyoti yakunlandi

Jangarilar makoniga aylangan Iroqning Gara hududi Turkiya qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan “Burgut panjasi-2” harbiy amaliyotida jangarilardan tozalandi.

1583381
“Burgut panjasi-2” harbiy amaliyoti yakunlandi

 

10-Fevralda Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolidagi Gara hududida terror tashkiloti PKKga qarshi boshlatilgan “Burgut panjasi-2” harbiy amaliyoti yakunlandi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, harbiy amaliyotda 53 jangari yo’q qilindi. Ikki jangari tiriklayin qo’lga tushirildi. Terror ob’yektlari yer bilan yakson qilindi. Terror tashkiloti uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan Gara hududida nazorat qo’lga olindi. Jangarilar tomonidan qo’llanilgan g’orlardan birida 13 nafar turk fuqarosining jasadi topildi. Ular PKK terror tashkiloti jangarilari tomonidan vahshiylarcha qatl etilgan tinch aholi vakillari hisoblanadi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qilishicha, jangarilar tomonidan qatl etilgan turklardan biri yelkasidan, qolgan 12 nafari boshidan otib tashlangan.

Turkiya qurolli kuchlariga oid qiruvchi samolyotlar Garadagi terror ob’yektlariga og’ir zarba berdi.

Jangarilar makoniga aylangan Gara hududi Turkiya qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan “Burgut panjasi-2” harbiy amaliyotida jangarilardan tozalandi. Hulusi Akar jangarilar tomonidan o'ldirilgan turk fuqarolarining oilalariga hamdardlik bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya , #Burgut panjasi-2

Aloqador xabarlar