YTB, Qorabog‘ shahidlarining farzandlari uchun maxsus o‘rin ajratadi

Turkiya, Qorabog‘ urushida shahid bo‘lgan qahramonlarning farzandlarini yolg‘iz qo‘ymaydi.

1578897
YTB, Qorabog‘ shahidlarining farzandlari uchun maxsus o‘rin ajratadi

Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi YTB, Ozarbayjondagi Qorabog‘ urushida shahid bo‘lganlarning farzandlari uchun Turkiya stipenidiyalari (Türkiye Bursları) doirasida maxsus o‘rin ajratadi.

YTB rahbari Abdullah Eren mavzu haqida ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi va unda:

“Jon Ozarbayjonning Qorabog‘ g‘alabasida shahid bo‘lgan qahramonlarimiz farzandlariga bu yil Turkiya stipendiyalari doirasida maxsus o‘rin ajratamiz. Turkiya har tarmoqda bo‘lganidek, o‘quv tarmog‘ida ham qardoshlarining yonidadir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya stipendiyalari uchun murojaat 20 - fevralgacha davom etadi.  

Batafsil ma’lumotni esa www.turkiyeburslari.gov.tr saytidan olishingiz mumkin.



Aloqador xabarlar