Turkiya aholisi soni oxirgi bir yilda 459 ming 365 kishiga ortdi

Turkiya aholisi soni oxirgi bir yilda 459 ming 365 kishiga ortib, 83 million 614 ming 362 kishiga yetdi.

1577317
Turkiya aholisi soni oxirgi bir yilda 459 ming 365 kishiga ortdi

Turkiya aholisi soni 2020 - yili 2019 - yilga nisbatan 459 ming 365 kishiga ortib, 83 million 614 ming 362 kishiga yetdi.

Erkaklar soni 41 million 915 ming 985 kishini tashkil etar ekan ayollar soni 41 million 698 ming 377 kishidan iborat. Bunga ko‘ra aholining umumiy sonining 50.1 foizini erkaklar, 49.9 foizini esa ayollar tashkil etmoqda.

Istanbul aholisi soni 2019 - yilga nisbatan 56 ming 815 kishiga kamayib, 15 million 462 ming 452 kishi deb qayd etildi.

Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulda mamlakat aholisi sonining 18.49 foizi istiqomat qilmoqda. Poytaxt Anqarada esa 5 million 663 ming 322 kishi, Izmirda 4 million 394 ming 694 kishi, Bursada 3 million 101 ming 833 kishi va Antaliyada esa 2 million 548 ming 308 kishi qayd etildi.

Bayburt 81 ming 910 kishi bilan eng kam aholi soniga ega viloyat deb topildi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turkiya aholisi soni , #aholi soni

Aloqador xabarlar