Turkiya Ozarbayjonga mina qidirish va uni yo’q qilish vositasini eksport qildi

Uzoqdan pult vositasida ishlaydigan texnologiyaning og’irligi 12.5 tonna bo’lib, bo’yi 6.6 metrni tashkil qiladi. Mina qidirish kengligi 1.7 metr bo’lgan vositaning eng asosiy xususiyati shuki, u inson xavfsizligini to’liq ta’minlash qobiliyatiga ega.

1577577
Turkiya Ozarbayjonga mina qidirish va uni yo’q qilish vositasini eksport qildi

 

Turkiyadan Ozarbayjonga mina qidirish va uni yo’q qilish vositasi (MEMATT) eksport qilindi.

Texnologiyaning birinchi partiyasi tarkibida 20ta vosita o’rin olgan bo’lib, ular Bakuga yetib bordi.

Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligining internetdagi sahifasida ma’lum qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, Kayseridan parvoz qilgan Turkiya havo kuchlariga oid harbiy yuk samolyoti Bakuga qo’ndi.

“Turkiyadan eksport qilingan milliy va mahalliy mina qidirish va uni yo’q qilish vositasi (MEMATT) Ozarbayjonga omad keltirsin!”,-deyiladi Turkiya mudofaa vazirligi bayonotida.

Uzoqdan pult vositasida boshqariladigan texnologiyaning og’irligi 12.5 tonna bo’lib, bo’yi 6.6 metrni tashkil qiladi. Mina qidirish kengligi 1.7 metr bo’lgan vositaning eng asosiy xususiyati shuki, u inson xavfsizligini to’liq ta’minlash qobiliyatiga ega.

Uzoqdan pult vositasida boshqarilganligi uchun harbiy xodimlarning hayotini xavf ostiga qo’ymaydigan ushbu texnologiya hozirgi kunda sanoqli davlatlar tomonidan qo’llanilmoqda.

Eslatma: Ozarbayjonda 44 kun davom etgan Tog’li Qorabog’ urushidan so’ng, ishg’oldan ozod qilingan hududlarni minadan tozalash faoliyatlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Turkiya , #MEMATT

Aloqador xabarlar