Turkiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari matbuot anjumani o'tkazdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Anqaraga tashrif buyurgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Haiko Maas bilan matbuot anjumani o’tkazdi.

1566108

Mavlud Chavusho’g’li kelgusi jarayonda Germaniya bilan ikki tomonlama muloqot mehanizmlarini jonlantirish xususida kelishib olganligini ma’lum qildi.

Turkiya-Yevroittifoq munosabatlariga to’xtalgan Mavlud Chavusho’g’li: “Agar Yevropa ijobiy qadam tashlasa, biz ham Yevroittifoqqa nisbatan ijobiy munosabatda bo’lamiz”,-dedi.

Mavlud Chavusho’g’li Gretsiyaning NATO himoyasida o’tkazilayotgan yig’ilishlarda takror ishtirok eta boshlaganligiga mamnuniyatini bildirdi.

“Turkiya sifatida barcha yig’ilishlarda ishtirok etdik. Gretsiya bilan muzokaralar 25 yanvarda boshlanadi. 60-raundda qanday xususlarni muhokama qilgan bo’lsak, 61-raundda ham xuddi shunday masalalarni muhokama qilamiz”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Haiko Maas: “Turkiya bilan Yevroittifoq o’rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishdan umidvormiz”,-dedi.

Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar