TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1556869
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqaga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter hisobi orqali berilgan bayonotga ko‘ra, “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqaga sizib kirishga uringan terroristlarga qarshi uyushtirilgan amaliyotlar davom etmoqda.

Bayonotda, qahramon turk askarlarining tinch va xavfsiz muhitni buzishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 4 terroristning yo‘q qilingani qayd etildi.  

Undan tashqari Ichki Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Turkiyaning Shirnak viloyatidagi amaliyotda PKK terror tashkilotiga oid ko‘plab oq - dori va ruzg‘or ashyolari qo‘lga kiritilgan.

Shirnakda esa PKK/ KJK va FETO/ PDY ga qarshi bir haftada uyushtirilgan amaliyotlar orqali nazorat ostiga olingan 5 aybdordan 2 nafari qamoqqa olingan.



Aloqador xabarlar