Erdo‘g‘an Turkiya, Iroq va Suriyaning kelajagida aslo terrorga o‘rin yo‘qligini qayd etdi

Erdo’g’an amaliy tashrif bilan poytaxt Anqarada bo’lgan Iroq Bosh vaziri Mustafa Kozimiy bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1547564
Erdo‘g‘an Turkiya, Iroq va Suriyaning kelajagida aslo terrorga o‘rin yo‘qligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an na Turkiya, na Iroq, na Suriyaning kelajagida terror tashkilotiga aslo o‘rin yo‘qligini qayd etdi.

Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan poytaxt Anqarada bo‘lgan Iroq Bosh vaziri Mustafa Kozimiy bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Erdo‘g‘an unda, “Iroqning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligining himoya qilinishiga alohida ahamiyat beryapmiz. Qayta tiklanishi masalasida ham har qanday hissani qo‘shishga tayyormiz”. - dedi.

“Hurmatli Kozimiy bilan mushtarak dushmanimiz IShID, PKK va FETO terror tashkilotlariga qarshi kurashimizning davom etishi haqida qaror qabul qildik”. - degan Erdo‘g‘an, o‘z so‘zini:

“Masxabi yoki etnik kelib chiqish jihati kim bo‘lishidan qat’iy nazar Iroq xalqining hammasini o‘z qardoshimizdek ko‘ramiz. Na Turkiya, na Iroq, na Suriyaning kelajagida terrorga aslo o‘rin yo‘qdir. Mintaqamiz terrorning boshini butunlay ezmay turib tinchimaydi”. - deya davom ettirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, yaqinda Iroqqa tashrif uyushtirishni rejalashtirganini ham eslatib o‘tgan holda,

“Iroq bilan 20 milliard dollarlik savdo hajmi rejamizni bemalol ishga oshira olishimizni ko‘rib turibmiz. IShID ziyon yetkazgan nuqtaning ta‘miroti bilan Kerkuk neftlarining takror va hatto yana - da ko‘proq dunyo bozoriga taqdim etilishini xohlaymiz. Xudo xohlasa eng qisqa vaqtda Oliy Darajali strategik kengash yig‘ilishimizni Iroqda o‘tkazamiz. Iroq sayohatini amalga oshiramiz”. - deya gapirdi.

Mustafa Kozimiy esa:

“Turkiya bizning nazarimizda Yaqin Sharqdagi nufuzli davlat bo‘lishdan tashqari bizning eng muhim iqtisodiy sheriklarimizdandir”. - dedi.

Iroqning Turkiyani xavf ostiga solgan hech qanday vaziyatga yo‘l qo‘ymasligiga e’tibor qaratgan Kozimiy,

“Iroqda IShID tomonidan ortda qoldirilgan yiqimni Turkiya bilan hamkorlikda qayta tiklay olamiz”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar