Erdo'g'an Mavlono vafotiga 747 yil to'lgani munosabati bilan yodga oldi

"Anadoluning ma'naviy memori, buyuk mutasavvuf, mutafakkir va islom olimi Mavlono Jaloliddin Rumiyni vafotiga 747 yil to'lganligi munosabati bilan yodga olamiz! Robbim bizlarni Mavlononing ilm va sevgi yo'lidan ayirmasin!",-dedi Turkiya prezidenti.

1547398
Erdo'g'an Mavlono vafotiga 747 yil to'lgani munosabati bilan yodga oldi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an ulug’ donishmand, benazir shoir va mutasavvuf Mavlono Jaloliddin Rumiyni vafotiga 747 yil to'lganligi munosabati bilan yodga oldi.

"Anadoluning ma'naviy memori, buyuk mutasavvuf, mutafakkir va islom olimi Mavlono Jaloliddin Rumiyni vafotiga 747 yil to'lganligi munosabati bilan yodga olamiz! Alloh bizni, xalqimizni va butun insoniyatni Hazrati Mavlononing shahidlik maqomiga mazhar aylasin! Rumiy vasiyat qilganidek, uning o'limi ayriliq emas, aksincha Alloh bilan uchrashuv (vuslat) kunidur. Uning vafotidan 7 yarim asr o'tishiga qaramay, u hamon qalblarda barhayot. Chunki, uni abadiy qilgan sir muhabbat va sevgidir. Shu sababli Mavlono hazratlaridan olgan ilhom bilan tili, irqi, millati, dini qanday bo'lishdan qat'iy nazar, butun insoniyatga yordam qo'limizni uzatib kelyabmiz",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

"Turk millati sifatida asrlar davomida xotirlanib kelinayotgan mana shunday madaniy hazinaga ega bo'lganimiz uchun Allohga hamdu sanolar bo'lsin! Kunimizda dunyoda hukm surayotgan kambag'alchilik, jaholat va to'qnashuvlarni guvohi bo'lar ekanmiz, insoniyat shu damlarda Mavlononing tinchlik va sevgi tushunchasiga qanchalik muhtoj ekanligini yana bir bor teran tushunib turibmiz. Insonlarni qutblashtirgan ko'r-ko'rona ideologiyalar barchamizni tahlikaga yetaklamoqda. Ayniqsa, g'arb mamlakatlarda irqchilik, islomga qarshi dushmanlik, nafrat keng tarqalib bormoqda. So'z erkinligi bahonasida muqaddas qadriyatlar toptalmoqda. Mana shu sababli, Turkiya sifatida Mavlononing sevgi, tinchlik, axloq va mehr-shafqat kabi oliyjanob tavsiyalarini barchaga ulashib kelyabmiz. Dunyoda tinchlik, adolat o'rnatishga g'ayrat qilyabmiz. Biz Mavlononing sevgi, do'stlik va xikmat mash'alini baland ko'tarishga g'ayrat qilyabmiz. Robbim bizlarni Mavlononing ilm va sevgi yo'lidan ayirmasin! Bugun Mavlono hazratlarini yodga olar ekanmiz, barcha duolarimiz ijobat bo'lsin!",-dedi Turkiya prezidenti.

 

 

 



Aloqador xabarlar