Chavusho‘g‘lu: "Sharqiy O‘rta yer dengizidagi haq va manfaatlarimizdan voz kechishimiz imkonsiz".

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) da bayonotlar berdi.

1545645
Chavusho‘g‘lu: "Sharqiy O‘rta yer dengizidagi haq va manfaatlarimizdan voz kechishimiz imkonsiz".

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu,

“Sharqiy O‘rta yer dengizidagi haq – huquq va manfaatlarimizdan voz kechishimiz imkonsiz”. – dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) da bergan bayonotida,

“Bugun Turkiyasiz yoki Turkiyaga qaramay Suriya, Liviya, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Kavkazlar, Afg‘oniston va Iroq kabi masalalarda qadam tashlanmayotgan bo‘lsa unda bu ham tashqi siyosatning natijasidir. Sharqiy O‘rta yer dengizidagi haq – huquq va manfaatlarimiz yuzasidan bizga nisbatan sanksiya kiritiladi yoki Yevropa ittifoqining tanqidiga uchraymiz deb voz kechishimiz imkonsiz”. – dedi.

“Biz bugungi kunga kelib Turkiya sifatida kerak bo‘lganida o‘yin tashkil etuvchi, kerak bo‘lganida esa yurtimizning manfaatlariga qarshi o‘yin qurganlarning o‘yinini buzyapmiz. Kuchli bo‘lishga va o‘z kelajagimizni o‘zimiz qalamga olishga majburmiz”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar