TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1528543
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqada PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida Twitter hisobi orqali berilgan bayonotga ko‘ra, maxsus topshiriqli harbiylar tomonidan “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqada, muvaffaqiyatli ravishda yana bir amaliyot uyushtirilgan. 

Unda tinch va xavfsiz muhitni buzishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo‘q qilingan.

Shuningdek, Iroqning shimolidagi Zab va Avashin mintaqalarida ham PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist, havodan qo‘llab – quvvatlangan amaliyot orqali yo‘q qilingan.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, terrorga yo‘l berilmasligi ta’kidlangan holda,

“Iroqning shimolidagi Zab va Avashin mintaqalarida, kashfiyot va nazorat qilish orqali aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist, uyushtirilgan havo harakatlari orqali yo‘q qilindi”. – deyildi.

Bayonotda shuningdek,

“Oxirgi terrorist ham yo‘q qilingunga qadar amaliyotlar davom etadi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar