Turkiya Mali hukumati va xalqiga ta'ziya bildirdi

Turkiya Mali Respublikasining sobiq prezidenti Amadou Toumani Tourening vafoti munosabati bilan Mali xalqiga ta’ziya bildirdi. 2002-2012 yillarda Malida prezidentlik lavozimida bo’lgan Toure Istanbulda davolanayotgan shifoxonada olamdan o'tgan.

1526277
Turkiya Mali hukumati va xalqiga ta'ziya bildirdi

 

Turkiya Mali Respublikasining sobiq prezidenti Amadou Toumani Tourening vafoti munosabati bilan Mali xalqiga ta’ziya bildirdi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, 2002-2012 yillarda Malida prezidentlik lavozimida bo’lgan Amadou Toumani Toure Istanbulda davolanayotgandi. U Istanbulda davolanayotgan shifoxonada olamdan o'tgan.

“Marhum prezident Amadou Toumani Toureni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Oilasi va yaqinlariga sabr tilaymiz. Do’st va qardosh Mali xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz”,-deyiladi maktubda.
Eslatma: Amadou Toumani Toure 2012 yil 22 martda prezident sayloviga bir oy vaqt qolgach, 18 avgustda harbiy isyon natijasida to’ntarilgandi.

Mamlakatda demokratiya timsoliga aylangan Amadou Toumani Toure to’ntarilgach, Senegalga surgun qilingandi. U 7 yil oradan so’ng 2019 yili vataniga qaytishga muvaffaq bo’lgandi.

 


 


Tanlangan kalimalar: #Amadou Toumani Toure , #ta'ziya , #Mali , #Turkiya

Aloqador xabarlar