Turkiya TIV rahbari Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida imzolangan bitimga munosabat bildirdi

Turkiya Ozarbayjon bilan abadiy birga bo’lishini ta’kidlagan Mavlud Chavusho’g’li: “Bu Ozarbayjon uchun buyuk g’alabadir, zafardir. 30 yildan buyon ishg’ol qilingan hududlar qaytarib olinyabdi”,-dedi.

1525241
Turkiya TIV rahbari Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida imzolangan bitimga munosabat bildirdi

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida Tog‘li Qorabog‘da tinchlik o‘rnatish to‘g‘risida imzolangan bitimga munosabat bildirdi.

“Endi bitimda belgilangan talablarning bajarilishini kuzatish zarur. Bu xususda muzokaralarimiz davom etmoqda”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li.

Turkiya hamisha Ozarbayjon bilan birga bo’lishini ta’kidlagan Mavlud Chavusho’g’li: “Bu Ozarbayjon uchun buyuk g’alabadir, zafardir. 30 yildan buyon ishg’ol qilingan hududlar qaytarib olinyabdi”,-dedi.

Mavlud Chavusho’g’li rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo’lib turgan Qirg’iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev bilan matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda Qirg’izistonda bo’lib o’tgan saylovdan keyingi bugungi holatga munosabat bildirgan Mavlud Chavusho’g’li: “Saylovdan keyin boshlangan norozilik namoyishlari va tartibsizliklarda avvalo Fathulloh Gulen harakati a’zolari maydonga chiqdi. Xalq buni guvohi bo’ldi va Fathullohchilarni maydonlardan quvib chiqardi”,-dedi.

AQSh ham Fathulloh Gulen harakati xavfini idrok qila boshlaganligini tilga olgan Mavlud Chavusho’g’li: “Ushbu haqiqatni ko’ra olganidan mamnunmiz”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar