Izmirdagi yer silkinishi ortidan, yana bir mo‘jiza ro‘y berdi

Izmirdagi yer silkinishi ortidan 91 soat o‘tib, yana bir mo‘jiza ro‘y berdi.

1520886
Izmirdagi yer silkinishi ortidan, yana bir mo‘jiza ro‘y berdi

Izmirdagi yer silkinishi ortidan 91 soat o‘tib, yana bir mo‘jiza ro‘y berdi.

Unga ko‘ra yana bir yosh bola vayrona ostidan sog‘ – salomat qutqarildi.

30 – oktabr kuni 6.6 magnitudali yer silkinishida yer bilan yakson bo‘lgan ko‘p qavatli bino ostida, 91 soat ortidan mo‘jiza ro‘y berdi.

Qidiruv va qutqaruv guruhi tomonidan, 4 yoshidagi Ayda Gezgin, vayrona ostidan qarsaklaru ko‘z yoshlari bilan olib chiqildi.

Ayda hamon sog‘likni saqlash guruhiga topshirildi.

Ayda Gezgin vayronadan qutqarilgan 107 – kishi bo‘ldi.

Atrof - muhit va shaharsozlik vaziri Murat Kurum, Aydaning sog‘ligining yaxshi ekanini va kasalxonaga olib borilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz birinchi mo‘jiza yer silkinishidan 65 soat o‘tib, 3 yoshidagi Elif Perinchekning vayrona ostidan qutqarilishi bilan qayd etilgandi. 



Aloqador xabarlar