Hulusi Akar O’zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashdi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar O’zbekiston Xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashdi.

1516888
Hulusi Akar O’zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning O’zbekistonga tashrifi davom etmoqda.

Hulusi Akar O’zbekiston Xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida Hulusi Akar tomonidan Turkiya va O’zbekiston o’rtasida tarixiy do’stlik, qardoshlik aloqalari mavjudligi, qolaversa harbiy ta’lim bo’yicha hamkorlik va mudofaa sanoati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligini qayd etdi. Shu bilan birga, Fathulloh Gulen harakatiga (FETÖ) qarshi kurashishda yaqindan hamkorlikning ahamiyatiga to’xtaldi.

Prezidentlar ishtirokida tuzilgan bitimlar asosida belgilangan yo’l xaritasiga muvofiq, ikki davlat o’rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish kerakligi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar