Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Turkiyaga tashrif buyurdi

Ersin Tatar Anqaraga tashrifi doirasida avvalo Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturk mavzoleyi Anitkabirda bo'ldi.

1516244
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar dastlabki rasmiy ziyoratini Turkiyaga amalga oshirdi.

Ersin Tatar Anqaraga tashrifi doirasida avvalo Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturk mavzoleyi Anitkabirda bo'ldi.

Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo'ygan Ersin Tatar hurmat bajo keltirdi va Anitkabirdagi xotira daftariga imzo chekdi.

Ma'lumotga ko'ra, Ersin Tatar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan prezidentlik saroyida kutib olinadi.

Ikki yetakchi o'zaro uchrashuvdan so'ng matbuot anjumani o'tkazishi kutilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ersin Tatar

Aloqador xabarlar