Turkiya Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Pokistonning Belujiston viloyati bilan shimoliy Vaziriston hududida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

1510020
Turkiya Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Pokistonning Belujiston viloyati bilan shimoliy Vaziriston hududida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Kecha Pokistonning Belujiston viloyati bilan shimoliy Vaziriston hududida sodir etilgan terrorchilik harakatida afsuski, ko’plab askar halok bo’lganidan boxabar bo’ldik. Ushbu terrorchilik harakatini qat’iy qoralaymiz. Halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin, yaradorlarga shifo tilaymiz. Do’st Pokiston hukumati va qardosh xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz!”,-deyiladi bayonotda.

Eslatib o’tamiz, Pokistonning Belujiston viloyatida harbiy kortejni qo’riqlab borayotgan xavfsizlik kuchlariga jangarilar tomonidan hujum sodir etilgan. Hujumda 11 askar va 3 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan. Shimoliy Vaziristonda ham harbiy kortejga sodir etilgan hujumda 6 askar halok bo’lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar