Faxriddin Altun Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun suhbat avvalida Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyevni tug’ilgan kuni munosabati bilan tabriklab, unga mustahkam sog'lik va muvaffaqiyatlar tiladi.

1509525
Faxriddin Altun Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Faxriddin Altun suhbat avvalida Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyevni tug’ilgan kuni munosabati bilan tabriklab, unga mustahkam sog'lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. 

“Turkiya Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’da Armaniston ishg’oliga chek qo’yish yo’lidagi sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi”,-deb aytgan Faxriddin Altun.

Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev bo’lib o’tgan muloqot haqida shunday yozdi:

“Do’stim Faxriddin  Altun bilan mamlakatlarimizga qarshi olib borilayotgan qoralov propagandasi va dizenformatsiyaga qarshi kurash maqsadidagi mushtarak tashabbuslarni ko’zdan kechirdik. Shu jihatdan tuziladigan “Ozarbayjon-Turkiya media platforumi” sa’y-harakatlarimizni jadallashtirishga xizmat qiladi”.

Suhbat har doimgidek samimiy va do'stona ruhda bo’lib o'tdi.



Aloqador xabarlar