Chavusho‘g‘lu: “Turkiya, Ozarbayjonning qarorni har qanday sharoitda qo‘llab – quvvatlaydi."

Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan shvetsiyalik kasbdoshi Ann Linde bilan uyushtirgan matbuot anjumanida muhim masalalar ustidan bayonot berdi.

1508273
Chavusho‘g‘lu: “Turkiya, Ozarbayjonning qarorni har qanday sharoitda qo‘llab – quvvatlaydi."

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning qayd etishicha Turkiya, Ozarbayjon qabul qilgan qarorni har qanday sharoitda qo‘llab – quvvatlaydi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan shvetsiyalik kasbdoshi Ann Linde bilan uyushtirgan matbuot anjumanida muhim masalalar ustidan bayonot berdi.

Unda har qanday sharoitda ham davlat ham da xalq sifatida qardosh Ozarbayjonning yonida ekanliklarini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu, muammoni hal qilishdagi yakkayu – yagona yo‘lning Armanistonning Ozarbayjon tuproqlarini tark etish ekanini qayd etdi.

Xalqaro muhitdan kelgan o‘q uzishni to‘xtatish haqidagi undovlarga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu bu borada,

“O‘q uzsihni to‘xtatish undoviga qo‘shimcha sifatida ‘Armaniston Ozarbayjon tuproqlarini tark etsin’ degan chaqiriqlar ham kelsa unda xalqaro hamjamiyatning haqiqatdan bu muammoni hal qilish niyati borligini ko‘rardik.” dedi.

Turkiyaning terrorga qarshi kurashi doirasida mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham olib borilgan amaliyotlariga ham to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu, kurdlarga qarshi emas terroristlarga qarshi kurash olib borilganini ta’kidladi.

Bundan maqsad Suriyani bo‘lish emasligini eslatib o‘tgan Chavusho‘g‘lu, Suriyani bo‘lishni xohlaganlarning PKK terror tashkiloti ekanini va uni qo‘llab – quvvatlagan davlatlarning esa ikki yuzlamachilik qilganini ifoda etdi.

Shvetsiya Tashqi Ishlar vaziri Linde esa,

“(Yuqori Qorabog‘da) O‘q uzishni to‘xtatish borasida kelishib olinishiga qaramay to‘qnashuvlarning davom etganidan tashvishdamiz. (Tomonlarni) Bu to‘qnashuvlarni to‘xtatishga va kelishuvga amal qilishga chaqiraman.” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar