Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi Armaniston tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilish holatlarini muhokama qildi.

1507167
Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi Armanistonning o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish holatlarini muhokama qildi.

Eslatish joizki, Ozarbayjon va Armaniston 10 oktyabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.

Ushbu hujjat Moskvada Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida imzolangan edi. Biroq, ushbu bitim imzolanganiga 24 soat o’tmay, Armaniston Ozarbayjonning Ganja shahriga raketa otdi. Hujumda 9 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 34 kishi jarohatlandi.



Aloqador xabarlar