Chavusho‘g‘lu: “Xalqaro huquq doirasida xalqimizning haqlarini himoya qilishni davom etamiz.”

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu: “Xalqaro huquq doirasida xalqimizning haqlarini himoya qilishni davom etamiz.”

1501360
Chavusho‘g‘lu: “Xalqaro huquq doirasida xalqimizning haqlarini himoya qilishni davom etamiz.”

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, xalqaro huquq doirasida qarorlilik bilan turk xalqining haqlarini himoya qilishni davom etajaklarini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu Twitter hisobida qoldirgan postida Liviya bilan tuzilgan dengiz chegarasi shartnomasining Birlashgan Millatlar tomonidan ro‘yhatga olinganini eslatib o‘tgan holda,

“Xalqaro huquq doirasida xalqimizning haqlarini himoya qilishni qarorlilik bilan davom etamiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez ham Twitter hisobi orqali qoldirgan postida, Turkiya bilan Liviya hukumati o‘rtasida qo‘l qo‘yilgan dengiz chegarasi shartnomasining BMT tomonidan ro‘yhatga olinishi orqali Turkiyaning xalqaro huquq, haq va adolatga tayangan O‘rta yer dengizi siyosatini yana – da mustahkamlashini bildirdi.

Do‘nmez mavzu haqida shuningdek,

“Har doim aytib o‘tganimizdek O‘rta yer dengizida na birovning haqqini yeymiz na haqqimizdan voz kechamiz.” dedi.

Bu haqida Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda esa,

“Liviya bilan 500 yillik mushtarak tarixga tayangan ko‘p qirrali munosabatlarimiz va BMT tomonidan tan olingan Milliy kelishuv hukumatini ta’lim va maslahatchilik jihatidan qo‘llab – quvvatlashni davom etamiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.  



Aloqador xabarlar