Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Lefkoshada

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, hamrohligidagi hay'at bilan birga Lefkoshada.

1489851
Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Lefkoshada

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, hamrohligidagi hay’at bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Hulusiy Akar hamrohligidagi Turk Qurolli Kuchlari Bosh shtab bopshqarmasi raisi general Yashar Guler, Quriqlik Kuchlari qo‘mondoni general Umid Dundar, Harbiy – Dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Adnan O‘zbal va Harbiy – Havo quvvatlari qo‘mondoni general Hasan Kuchukakyuz bilan Antaliyaning Qash tumaniga bo‘lgan tashrifi ortidan Lefkoshaga qarab yo‘l oldi.

Mudofaa vaziri yetakchiligidagi hay’at ShKTRda uyushtirilgan, “Shahid yuzboshi Jengiz To‘pel nomidagi O‘rta yer dengizi firtinasi – 2020 mashqi” “Tanlangan kuzatuvchi kuni” faoliyatlarini kuzatadi.  

Mashq, Kiprdagi Turk tinchlik kuchlari qo‘mondonligi bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Xavfsizlik kuchlari qo‘mondonligi o‘rtasida o‘zaro ta’lim, hamkorlik va birgalikda faoliyat olib borish kuchiga – kuch qo‘shish maqsadida birgalikda ijro etilmoqda.



Aloqador xabarlar