Turkiya Arab ligasining qarorlarini tan olmaydi

Turkiya 9 sentyabda Arab ligasining vazirlar kengashi yig’ilishida olingan qarorlarni tan olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

1488238
Turkiya Arab ligasining qarorlarini tan olmaydi

 

Turkiya 9 sentyabda Arab ligasining vazirlar kengashi yig’ilishida olingan qarorlarni tan olmasligini ma’lum qildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotda, Arab ligasiga a’zo ba’zi davlatlar o’z kun tartibi va faoliyatlarini ustini yopish maqsadida, Turkiyaga nisbatan noo’rin ig’volarini 9 sentyabrdagi vazirlar kengashi yig’ilishi kun tartibiga havola qildi.

“Mazkur yig’ilishda Turkiya bilan bog’liq qabul qilingan qarorlarni qat’iyan tan olmaymiz. Bu qarorlarni jiddiy qabul qiladigan jihati yo’q. Zero, mamlakatimizning Arab davlatlari hududiy yaxlitligiga, siyosiy birdamligiga hamda mintaqa barqarorligiga katta ahamiyat bergani barchaga ma’lum”,-deyiladi bayonotda.

“Suriyani bo’lishga harakat qilgan va Iroq suverinetiga xavf solayotgan terroristlarni qo’llab-quvvatlagan, Yamanning tor-mor qilinishiga sabab bo’lgan, Liviyada isyonchilarga yordam berayotgan hukumatlarning barcha provokativ tashabbuslariga qaramay, Turkiya mintaqada tinchlik va barqarorlik o’rnatish uchun qat’iy irodaga ega”,-deb ilova qilinadi bayonotda.

“Arab ligasini yana bir bor Turkiyaga qarshi dushmanlarcha munosabatda bo’lgan ba’zi a’zolarining aqli bilan harakat qilish o’rniga, mintaqada xavfsizlik va barqarorlik o’rnatishga qaratilgan tashabbuslarda ro’l o’ynashga chaqiramiz!”,-deyiladi bayonot yakunida.


Tanlangan kalimalar: #Arab ligasi , #Turkiya

Aloqador xabarlar