Turk qizil yarim oy jamiyati Sudanga insonparvarlik yordami yubordi

Sudan sog’liqni saqlash vazirligi rahbariyati 1151ta qutida tibbiy vositalar va 1 mln 652 ming 723ta COVID-19ni aniqlash testi hamda himoyalovchi tibbiy ashyolarni qabul qilib oldi.

1486888
Turk qizil yarim oy jamiyati Sudanga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turk qizil yarim oy jamiyati va Qatar qizil yarim oy jamiyati hamkorligida Sudanga insonparvarlik yordami yuborildi.

Qatar homiyligida COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Turkiyadan ta’minlangan insonparvarlik yordami Sudan poytaxti Hartumga yetib bordi.

Bu safar insonparvarlik yordamlari tarkibida tibbiy vositalar va dori-darmon o’rin olgan.

Insonparvarlik yordami ortilgan Turk Havo Yo’llariga oid yuk samolyoti Hartum aeroportida Turk, Qatar va Sudan qizil yarim oy jamiyatlari xodimlari tomonidan kutib olindi.

Sudan sog’liqni saqlash vazirligi rahbariyati 1151ta qutida tibbiy vositalar va 1 mln 652 ming 723ta COVID-19ni aniqlash testi hamda himoyalovchi tibbiy ashyolarni qabul qilib oldi.

Eslatish joizki, 6 sentyabr kuni Sudanga yuk samolyotiga to’la insonparvarlik yordami yuborilgandi.



Aloqador xabarlar