Bugun Turkiya-Eron Oliy darajali hamkorlik kengashi muzokaralari bo'lib o'tadi

Mazkur anjumanga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy raislik qiladi.

1486739
Bugun Turkiya-Eron Oliy darajali hamkorlik kengashi muzokaralari bo'lib o'tadi

 

Turkiya-Eron Oliy darajali hamkorlik kengashining 6-raundi bugun videokonferensiya shaklida bo’lib o’tadi.

Mazkur anjumanga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy raislik qiladi.

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, mazkur yig’ilishda Turkiya va Eron o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi. 

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, shuningdek, Turkiya va Eronning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Bu boradagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni yana-da kuchaytirish muhim ekani qayd etiladi.

 



Aloqador xabarlar