Erdo'g'an:"Turkiya endilikda mintaqada qaror mexanizmiga ega davlatga aylandi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an vazirlar kengashi yig'ilishidan so'ng matbuotga brifing berdi.

1486548
Erdo'g'an:"Turkiya endilikda mintaqada qaror mexanizmiga ega davlatga aylandi"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an to'rt soat davom etgan vazirlar kengashi yig'ilishidan so'ng matbuotga brifing berdi.

Sharqiy O'rta yer dengizi va Egeyda avj olgan taranglikka e'tibor qaratgan Erdo'g'an: "Turkiya endilikda mintaqada qaror mexanizmiga ega bo'lgan davlatga aylandi",-dedi.

"Sharqiy O'rta yer dengizi va Egeyda tarixdan ibrat olmasdan, Turkiyaning haq va huquqini oyoq osti qilib buyruq berishga harakat qilganlar oxiri borib bu haqiqatga bo'yin egadi. O'z xalqining xavfsizligini va farovonligini tahlikaga solib bo'lsa ham, Turkiyaga qarshi kurashganlarga shuni aytmoqchimanki, vaqti kelib ular uchun natijasi og'ir bo'ladi. Umid qilamanki, ish bu vaziyatga kelmaydi",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

BMT va xalqaro bitimlarga tayanib, olib borilayotgan tashabbuslarga nisbatan nohaqlikni hayrat bilan kuzatib borayotganligini aytgan Erdo'g'an: "Kipr, Suriya va Liviyada yaxshi o'rnak bo'lmagan Yevropa davlatlari hech bo'lmaganda sharqiy O'rta yer dengizida mantiqli harakat qilishidan umidvormiz",-dedi.

Prezident Turkiyaning chegara xavfsizligi bo'yicha ko'rsatgan qat'iyligini, sharqiy O'rta yer dengizidagi manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ham faol siyosat olib borishini so'zlariga ilova qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar