Turkiya muzokaralardan bosh tortgan Gretsiyani nohaqlikda aybladi

Chavusho’g’li: “Haqli tomon muzokaralardan bosh tortmaydi, biroq Gretsiya nohaq ekanligini yaxshi biladi. Agar Gretsiya barcha manfaatlarimizdan voz kechadi deb o’ylayotgan bo’lsa, bu amalga oshmaydi. Gretsiyaning nohaq ekanligini Yevropa biladi".

1484814
Turkiya muzokaralardan bosh tortgan Gretsiyani nohaqlikda aybladi

 

Gretsiya NATO vositachiligida Turkiya bilan o’zaro muzokara o’tkazish tarafdori emasligini ko’rsatdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ma’lum qildi.

Mavlud Chavusho’g’lining ta’kidlashicha, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar bilan bog’liq shartsiz muzokara taklifi yunon mulozimlari tomonidan qabul qilinmagan.

“Gretsiya NATO bosh kotibini yolg’onchiga chiqardi. Bu taajjublanarli holat. Bu jarayonda yolg’onchi bosh kotib emas, balki Gretsiyadir. Yana bir bor muzokara tarafdori emasligini ko’rsatdi”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li.

Turkiya doimo masalani tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori ekanligini aytgan Mavlud Chavusho’g’li: “Haqli tomon muzokaralardan bosh tortmaydi, biroq Gretsiya nohaq ekanligini yaxshi biladi. Agar Gretsiya barcha manfaatlarimizdan voz kechadi deb o’ylayotgan bo’lsa, bu amalga oshmaydi. Gretsiyaning nohaq ekanligini butun Yevropa davlatlari ham biladi”,-dedi.

“Turkiyaning birgina maqsadi bor, u ham bo’lsa o’z manfaatini himoya qilish. Turkiya hech kimning haqqiga ko’z olaytirmaydi”,-deb ilova qiladi Turkiya TIV rahbari. Uning ta’kidlashicha, Fransiya Turkiyadan uzr so’rashi kerak.

“Chunki, Gretsiyani gij-gijlagan tomon Fransiya. Bu hech kimga foyda keltirmaydi. Bu Fransiyani kulgili ahvolga soladi haqiqatdan ham”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar