Turkiya Gretsiya bilan muzokara olib borishga tayyor ekanligini ma'lum qildi

Turkiya Gretsiya bilan har qanday masalada xalqaro huquq asosida muzokara o'tkazishga tayyor ekanligini ma'lum qildi, ayni vaqtda Gretsiyaning ham bunga ijobiy yondashishini talab qildi.

1484419
Turkiya Gretsiya bilan muzokara olib borishga tayyor ekanligini ma'lum qildi

 

Turkiya sharqiy O'rta yer dengizidagi taranglik bo'yicha Gretsiya bilan muzokara olib borishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, NATO bosh kotibi sharqiy O'rta yer dengizida turk va yunon tomonlari o'rtasida taranglikni to'xtatish, dengiz va quruqlik vositalari o'rtasida kutilmagan fojialarni oldini olish bo'yicha mas'uliyat olgan.

"Turkiya tomonidan qo'llab-quvvatlangan bu tashabbus bosh kotib aytganidek, ikki davlat o'rtasida NATO qoshida harbiy-texnik muzokaralarni yo'lga qo'yishga qaratilgan. Muzokaralar Turkiya va Gretsiya o'rtasidagi ikki tomonlama masalalarni hal qilishga emas, balki ikki davlat harbiy maqomlari o'rtasida avval muhokama qilingan tartibotlar bilan aloqalidir",-deyiladi bayonotda.

Turkiya Gretsiya bilan har qanday masalada xalqaro huquq asosida muzokara o'tkazishga tayyor ekanligini ma'lum qildi, ayni vaqtda Gretsiyaning ham bunga ijobiy yondashishini talab qildi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg avvalroq, Turkiya va Gretsiya sharqiy O'rta yer dengizida to'qnashuvni oldini olish bo'yicha texnik muzokaralar o'tkazish xususida kelishib olganligini ma'lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar