Turkiya O’rta yer dengizida seysmologik tadqiqot faoliyatlarini davom ettiradi

Turkiyaning sharqiy O’rta yer dengizida seysmologik tadqiqot faoliyatlarini olib borayotgan “Oruch Reis” kemasi 12 sentyabrgacha o’z faoliyatlarini davom ettiradi. Bu haqda yangi Navtex – dengizchilarga rasmiy e’londa ma’lum qilingan.

1482523
Turkiya O’rta yer dengizida seysmologik tadqiqot faoliyatlarini davom ettiradi

 

Turkiyaning sharqiy O’rta yer dengizida seysmologik tadqiqot faoliyatlarini olib borayotgan “Oruch Reis” kemasi 12 sentyabrgacha o’z faoliyatlarini davom ettiradi.

Bu haqda yangi Navtex – dengizchilarga rasmiy e’londa ma’lum qilingan.

Avvalgi Navtex e’lonida dengizda seysmologik tadqiqot faoliyatlari 1 sentyabrgacha davom etishi qayd etilgandi, yangi e’londa esa bu muddat yana 11 kunga uzaytirilgani ma’lum qilindi.

Bunga ko’ra, “Oruch Reis” seysmologik tadqiqot kemasi “Ataman” va “Chingiz Xon” nomli kemalar bilan hamkorlikda sharqiy O’rta yer dengizida belgilangan maydonda seysmik faoliyatlar olib boradi.

“Oruch Reis” seysmologik tadqiqot kemasi dengizlarda tabiiy gaz qidirish, shuningdek har qanday geologik, geofizik, gidrografik va okeanografik tadqiqotlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega.

Dunyoda nodir tadqiqot kemalaridan biri bo’lgan “Oruch Reis” vositasida 2 va 3 qirqali seysmologik va geofizik tadqiqotlar olib boriladi. Kema 8 ming metr chuqurlikkacha 3 qirrali, 15 ming metr chuqurlikkacha ikki qirrali seysmologik operatsiyalarni amalga oshira oladi.

 


Tanlangan kalimalar: #O’rta yer dengizi , #Oruch Reis , #Turkiya

Aloqador xabarlar