Turkiya, Tarrantning umrbod qamoq jazosiga mahkum qilnishini mamnuniyat bilan qabul qildi

Turkiya, uyushtirgan qurolli hujmi orqali 51 kishini shahid qilgan terrorist Brenton Tarrantning, umrbod qamoq jazosiga mahkum qilnishini mamnuniyat bilan qabul qildi.

1480210
Turkiya, Tarrantning umrbod qamoq jazosiga mahkum qilnishini mamnuniyat bilan qabul qildi

Turkiya Yangi Zellandiyada 2 ta jome’ masjidiga qarshi uyushtirgan qurolli hujmi orqali 51 kishini shahid qilgan terrorist Brenton Tarrantning, umrbod qamoq jazosiga mahkum qilnishini mamnuniyat bilan qabul qildi.  

Mazkur qaror bo‘yicha Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda Kraystcherchчda 2019 – yilning 15 – marti kuni ikkita jome’ masjidini nishonga olgan hujumda Turk fuqarolaridan Zekeriya Tuyan doxil 51 kishining vafot etgani, yana Turk fuqarolaridan Mustafa Bo‘ztash va Temel Atachojug‘u ham bor 40 kishining tan jarohati olganligiga e’tibor qaratildi.  

Qurbonlar yana bir bor rahmat ila yodga olingan bayonotda,

“Terroristning Yangi Zellandiyada eng og‘ir jazo hisoblangan ya’ni hech qanday afv qaroridan foydalana olish imkoni bermagan umrbod qamoq jazosiga mahkum qilnishini mamnuniyat bilan qabul qildik. Ushbu sud qarori islomofobiya, chet elliklarga qarshi dushmanlik, irqchilik va nafrat manbaasiga tayangan barcha mafkura va harakatlarga qarshi xalqaro hamjamiyatning mushtarak kurashiga bo‘lgan ehtiyojni yana bir bor yodga soldi.” deyildi.

Bayonotda Turkiyaning, har qanday yakkalashlarga qarshi qat’iy va printsipial munosabatini bundan buyon ham davom ettirishi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar