Turkiyaning Parijdagi elchisi Ismail Hakki Musa, Turkiya – Fransiya munosabatlari baholandi

Ismail Hakki Musa, Europe 1 radiosida Turkiya – Fransiya munosabatlarini baholadi.

1479346
Turkiyaning Parijdagi elchisi Ismail Hakki Musa, Turkiya – Fransiya munosabatlari baholandi

Turkiyaning Parijdagi favqulodda va muxtor elchisi Ismail Hakki Musa, Turkiya va Fransiya o‘rtasida vaqti – vaqti bilan fikr kelishmovchiliklar bo‘lib turishini qayd etdi.

Ismail Hakki Musa, Europe 1 radiosida Turkiya – Fransiya munosabatlarini baholadi.

Ikkala o‘lkaning do‘st va ittifoq ekanligini ifoda etgan Musa, Fransiyaning Turkiya haqidagi tanqidlarining noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi.

Fransiya bilan bazan fikr kelishmovchiliklari bo‘lib turishini eslatib o‘tgan Musa, Turkiyaga qarshi noto‘g‘ri ko‘z qarashga ega bo‘lgan o‘lkalarning eng avvalo o‘zlariga ba’zi savollar berishi kerakligini bildirdi.

Turkiya tomonidan Qora dengizda kashf etilgan tabiiy gazning mamlakat uchun muhim ekanligini ta’kidlagan Musa, bu borada Turkiyaning qaysidir davlatga qarshi ig‘vogar tusda munosabatlar bildirmaganani ifoda etdi. 

Musa shuningdek, Sharqiy O‘rta yer dengizida inson va dengiz huquqiga amal qilinishi kerakligini ham aytib o‘tdi.

Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyatni ham baholagan Musa,

“Gretsiyaning ko‘plab talabi bor. Ular amalga oshirilgudek bo‘lsa unda Turkiya dengiz suvlariga ulashish uchun Gretsiyadan ruxsat so‘rashiga to‘g‘ri keladi. Bu ig‘vogarchilik. Bir o‘lkaning o‘z dengiz suvlariga erishishiga to‘siqlik qilishlik ig‘vogarchilikdir.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Musa, Meis orolining Turkiya qirg‘og‘iga 2 kilometr, Gretsiyaga esa 580 kilometr masofada ekanligiga e’tibor qaratdi.

Ayosofiya buyuk masjidining takror ibodatga ochilishi haqidagi savolga qarshi Musa, bu qarorning Turkiyaning mustaqillgi bilan bog‘liq vaziyat ekanligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar