Bugun Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

Yig’ilishda Qora dengizda katta miqdordagi gaz konlarining topilishi, Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va Liviyadagi vaziyat muhokama qilinadi.

1478080
Bugun Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

 

Bugun, 24 avgustda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Mazkur yig’ilish Turkiya vaqti bilan soat 15:00da Anqaradagi prezidentlik saroyida amalga oshiriladi.

Yig’ilishda Qora dengizda katta miqdordagi gaz konlarining topilishi, Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va Liviyadagi vaziyat muhokama qilinadi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasi oqibatlariga qarshi kurashish masalasi va uning bugungi holati ko'zdan kechiriladi.


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar