Erdo‘g‘anning juma kuni ma’lum qilishi aytilgan suyunchli xabar, hammada qiziqish uyg‘otdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning juma kuni ma’lum qilishi aytilgan suyunchli xabar hammada qiziqish uyg‘otdi.

1476396

Shu bois ham Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun tomonidan mavzu haqida bayonot berildi.

Twitter hisobi orqali berilgan ushbu bayonotda,

“Hurmatli prezidentimiz juma kuni bermoqchi bo‘lgan suyunchli xabar haqida har qanday mish – mishlar tarqaganiga guvoh bo‘ldik. Iltimos, ularga quloq solmang.” dedi.

Altun shuningdek, “Hammamiz birgalikda, hayajon bilan hurmatli prezidentimizning ertaga beradigan suyunchli xabarini kutyapmiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Aytib o‘tish joizki Prezient Erdo‘g‘an kecha Anqarada “Poytaxt” uyushgan sanoat zonasida “Kalyon quyosh texnologiyalari fabrikasi”ning ochilish marosimida nutq so‘zlagandi. 

Unda juma kuni berishni rejalashtirgan suyunchli xabar bilan Turkiyada yangi davrning boshlashini bildirgan Erdo‘g‘anning ushbu so‘zlari chet el ommaviy axborot vositalarida katta qiziqishlarga yo‘l ochgandi.

Aloqador xabarlar