Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li NATO bosh kotibi bilan muloqot qildi

Muloqot chog’ida sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va Liviyadagi o’zgarishlar muhokama qilindi.

1475923
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li NATO bosh kotibi bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog’ida sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va Liviyadagi o’zgarishlar muhokama qilindi.

NATO bayonotiga ko’ra, Stoltenberg sharqiy O’rta yer dengizidagi taranglikdan havotirda ekanligini ma’lum qilib, tomonlar o’rtasida sukunat o’rnatish mintaqa manfaatiga xizmat qilishini bildirdi.

Vaziyatni ittifoq tushunchasi bilan xalqaro huquqqa mos ravishda hal qilish zarurligini ta’kidlagan Stoltenberg Turkiya bilan Gretsiya NATOga a’zo ittifoqdosh qo’shni davlat ekanligini eslatdi.

Uning ta’kidlashicha, NATO Liviyadagi siyosiy inqirozga tinch yo’l bilan yechim topish bo’yicha BMT tomonidan olib borilayotgan faoliyatlarni qo’llab-quvvatlaydi. Liviyadagi tomonlar ham BMT yetakchiligida olib borilayotgan faoliyatlarni qo’llab-quvvatlashi va qurol bo’yicha sanksiyaga amal qilishi kerak.


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Yyens Stoltenberg , #NATO , #Turkiya

Aloqador xabarlar