Erdo’g’an Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan muloqot qildi

Muloqotda Turkiya va Germaniyaning ikki tomonlama munosabatlari va ikki davlat iqtisodiyotiga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

1459317
Erdo’g’an Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, muloqot chog'ida yetakchilar Turkiya va Germaniyaning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari, jumladan iqtisodiyot va turizm kabi sohalar bo’yicha hamkorlik va ikki davlat iqtisodiyotiga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.  Bu boradagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni yana-da kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Bundan tashqari, Liviya va Suriyadagi vaziyat kabi xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar.



Aloqador xabarlar